Bu yil yuridik universitetlarga "perevod" uchun qaysi fandan imtihon olinadi?
1.07.2023 19:27
O‘qishni ko‘chirish imtihonida bir yil oldingi qabulda yo‘nalishlarga qaysi fanlardan imtihon olingan bo‘lsa, aynan shu fanlardan imtihon olinadi.
Masalan, yuridik yo‘nalishlarga 2022/2023-yilgi qabulda tarix va ingliz tilidan imtihon olingan. Va tartib bo‘yicha bu yilgi "perevod"chilar uchun tarix va ingliz tilidan imtihon olinishi kerak. Huquqshunoslik fanidan emas.
Lekin hali 15-iyulgacha Oliy ta’lim vazirligi qaysi yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishda qaysi fandan imtihon olinishini alohida e’lon qiladi. Shuning uchun eng anig‘ini vazirlik e’lonidan bilish mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Oliy ta’limda qabul va o‘qishni ko‘chirish tartibi o‘zgardi
15-aprel 09:05
Barcha talabalar diqqatiga: Oʻqishni ko‘chirish bo‘yicha yengilliklar berilishi kutilmoqda
05-aprel 18:05
Ayrim savollarga batafsil javoblar.
04-sentabr 08:17