Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Bugun, 9-mart attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni!

Bugun, 09:37
Bugun, 9-mart attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni!

Bugun, 9-mart — pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni

2026-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish jarayoni 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi.

Endilikda navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada qatnashish uchun ariza yuborgan pedagoglar to‘lovni amalga oshirishlari lozim. To‘lov muddati 10-martga qadar uzaytirilgan bo‘lib, bugun ushbu jarayonni yakunlash uchun oxirgi kun hisoblanadi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov miqdori

Pedagoglar attestatsiyada qatnashish uchun murojaat qilgan platformasiga qarab turli miqdorda to‘lov amalga oshiradi. To‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan BHM (bazaviy hisoblash miqdori) asosida hisoblanadi.

DXM orqali murojaat qilganda

  • Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda

  • BHMning 100 foizi to‘lanadi

  • 412 000 so‘m

Onlayn platformalar orqali murojaat qilganda

Bu holatda BHMning 90 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

  • 370 800 so‘m

To‘lov platformada ko‘rinmasa nima qilish kerak?

Ba’zi hollarda to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham, platformada darhol ko‘rinmasligi mumkin.

“To‘lovni tekshirish” tugmasidan foydalaning

Agar:

  • to‘lov qilgan bo‘lsangiz;

  • lekin platformada ko‘rinmayotgan bo‘lsa;

  • yoki status “To‘lov jarayonida” holatida qolib ketgan bo‘lsa,

murojaat oynasidagi “To‘lovni tekshirish” tugmasini bosish tavsiya etiladi.

Ushbu tugmani bosgandan so‘ng tizim to‘lov holatini yangilaydi va amalga oshirilgan to‘lov platformada ko‘rinadi.