Buxoro davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etilib, Navoiyda filiali ochiladi
![Buxoro davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etilib, Navoiyda filiali ochiladi](https://static.oliygoh.uz/crop/1/8/832__85_1872818893.jpeg?t=1693305175)
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
“Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.
(https://regulation.gov.uz/uz/d/84725)Unga koʻra, Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Sadriddin Ayniy koʻchasi, 1-uyda joylashgan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Navoiy shahar, 7-daha, I.Karimov shoh koʻchasida joylashgan Bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi binolari negizida Buxoro davlat tibbiyot universiteti Navoiy filialini tashkil etiladi.
(https://t.me/uztdi/7444)2023/2024 oʻquv yilidan Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi Tibbiyot fakultetida “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yoʻnalishida taʼlim olayotgan 1-2-bosqich talabalari Filial tarkibiga oʻtkaziladi.