Maktab

Buxorolik maktab o‘quvchisi IELTSdan 8, SATdan 1540 ball oldi

Buxorolik Shahriyor Sulaymonov IELTS imtihonidan 8, SATdan 1540 ball oldi. Shu bilan birga, respublika tanlovida “The Best Writer” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

121 ko'rish

Yangilangan:

Buxorolik maktab o‘quvchisi IELTSdan 8, SATdan 1540 ball oldi

Buxoro tumanidagi 1-IDUM maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahriyor Sulaymonov IELTS xalqaro ingliz tili imtihonidan 8 ball, SAT imtihonidan esa 1540 ballik yuqori natija ko‘rsatdi. Bu natijalar o‘quvchining ingliz tilini yuqori darajada bilishi va matematik ko‘nikmalarini mukammal darajada o‘zlashtirganini anglatadi.

Shahriyor, shuningdek, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichida qatnashib, “The Best Writer” nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi.

Bundan oldin, boshqa yosh o‘zbekistonliklar ham IELTS imtihonida yuqori natijalarga erishgan edi: Andijondagi 4-sinf o‘quvchisi 7 ball, 10-sinf qiz o‘quvchi 8.5 ball, Toshkent viloyatidan yana bir maktab o‘quvchisi 8 ball olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Buxorolik maktab o‘quvchisi IELTSdan 8, SATdan 1540 ball oldi

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish