CEFR imtihoni haqida gaplashamiz
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
🇺🇿 Yurtimizda Milliy sertifikat (CEFR) imtihoniga talab kundan kunga ortib bormoqda. Keling CEFR imtihoni haqida qisqacha tanishib o‘tamiz:
— Daraja aniqlash (CEFR) imtihonining to‘liq nomi — Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovi bo‘lib, xalq tilida CEFR deyiladi.
Hozirgi vaqtda Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) tomonidan har oyda bir marta Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida tashkil qilinadi.
✅ Ushbu imtihonda nomzodlar 4 ta bo‘lim asosida imtihon topshiriladi:
— Listening
— Reading
— Writing
— Speaking
👨🏻💻 my.gov.uz yoki my.dtm.uz sayti shaxsiy kabinet orqali imtihonga ro‘yxatdan o‘tiladi va imtihon sanalari, o‘tkazish joylari va natijalar ham shu kabinet orqali aniq bo‘ladi. Ushbu imtihonni istalgan odam (o‘quvchi, talaba, o‘qituvchi, fuqarolar) topshirishi mumkin.
🙋🏻♂️ Ma’lumot uchun, chet tilini bilish bo‘yicha B2 darajaga ega abituriyent kirish imtihonlarida chet tili blokidan ozod etiladi va unga shu blok bo‘yicha maksimal ball qo‘shib beriladi.
😇 Imtihon topshirish narxi 405 ming so‘m. Sertifikat amal qilish muddati 2 yil.
Boshqa imtihonlardan afzalliklari:
✅ Nisbatan arzon (Taqqoslash uchun IELTS – 2 000 000 so‘m)
✅ Barcha viloyatlarda o‘tkaziladi
✅ Har oy o‘tkaziladi
✅ B2 darajasi barcha yo‘nalishdagi bakalavr abituriyentlariga imtiyoz beradi
✅ B2 darajasi magistraturaga (nofilologik) imtiyoz beradi
✅ B2 darajasi doktarantura bosqichiga hujjat topshirish uchun ham imtiyoz beradi
✅ C1 daraja olinganda ustozlarga 50 foiz ustama beradi
✅ C1 darajasi toifa imtihonida maksimal ball beradi
✅ C1 darajasi ingliz filologiya yo‘nalishi magistratura va doktaranturaga topshirgan nomzodlarga imtiyoz beradi