Chet tili sertifikatisiz bu 29 ta yo‘nalishga hujjat topshira olmaysiz!

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILChet tili sertifikati boʻlmasa 29 ta yoʻnalishga hatto hujjat topshirib bo‘lmaydi
2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab, 1-fani chet tili deb belgilangan bakalavriat yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun milliy yoki xalqaro chet tili sertifikati majburiy bo‘ladi. Bu talab O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Sertifikat bo‘lmasa nima bo‘ladi?
❌ Agar abituriyentda tegishli til bo‘yicha sertifikat bo‘lmasa, hujjat topshirish imkoniyati bo‘lmaydi
❌ Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovi o‘tkazilmaydi, shuning uchun sertifikat bo‘lmagan abituriyentlar tanlovdan avtomatik chetlatiladi
Bu kimlarga tegishli?
📌 1-fani “Chet tili” deb yozilgan yo‘nalishlar – har qanday til bo‘yicha tasdiqlangan sertifikat o‘tadi
📌 1-fani aniq belgilangan ingliz, nemis yoki fransuz tili bo‘lsa – aynan shu til bo‘yicha sertifikat talab qilinadi
Nima qilish kerak?
-
IELTS, TOEFL, CEFR, TestDaF, DELF, va boshqa ruxsat etilgan milliy/xalqaro sertifikatlar ro‘yxatidan birini olish zarur
-
Sertifikat qabul davrida amal qilayotgan bo‘lishi kerak
📝 Rasmda ko‘rsatilgan 29 ta yo‘nalish aynan 1-fan sifatida chet tili ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlaridir. Bu yo‘nalishlarga topshirish uchun sertifikat majburiy shart bo‘ladi.