Chet tilidan ijodiy imtihon qanday olinadi?
26.06.2023 14:49

Ma’lumki, 8 ta OTMga hujjat topshiruvchilar chet tilidan ijodiy imtihon topshirishadi. Bu imtihon formati boshqa OTMlarnikidan farq qiladi.
Imtihon qanday bo‘ladi?
Chet tilidan ijodiy imtihon savollari B1 darajada bo‘ladi. Jami 2 soat 45 daqiqada 4 bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar beriladi:
- 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol);
- 2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol);
- 3-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball);
- 4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball).
Eslatma: Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10-iyulda tugaydi (boshqa OTMlar qabuli 20-iyulgacha). Abituriyent yo‘nalishlarni tanlayotganda faqat ijodiy imtihon olinadiganlarni tanlashi mumkin.
Agar abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ijodiy imtihonlar boshlandi — Abituriyentlar imtihon topshiryapti
25.07.2023 10:03
Linguaskill sertifikati abituriyentlar uchun inobatga olinadimi?
09.07.2023 15:49