Grantlar

Chexiya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unga butun dunyodan bakalavr, magistratura va PhD uchun nomzodlar ariza jo‘natishlari mumkin.

2 593 ko'rish

Chexiya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unga butun dunyodan bakalavr, magistratura va PhD uchun nomzodlar ariza jo‘natishlari mumkin.

Chexiya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqdaFoto: ASEAN Scholarship

Chexiyaning Charlz universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unga butun dunyodan bakalavr, magistratura va PhD uchun nomzodlar ariza jo‘natishlari mumkin.

Grant uchun arizada moliyaviy yordamga bo‘lgan ehtiyojlarni bayon qilish zarur. Ariza uchun kerak bo‘ladigan ilova shakli bu yerda.

Shuningdek, arizada Charlz universitetida o‘qishdan kutilayotgan natijalar haqida 1000 so‘zdan iborat motivatsion xat hamda ikkita tavsiyanoma jo‘natish kerak.

Barcha taqdim etilgan hujjatlar ingliz tilida yozilgan yoki tasdiqlangan tarjimalari bilan birga bo‘lishi zarur.

Grantga da’vogarlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda, stipendiyalarni ko‘rib chiqish kengashi nomzodlarning oldingi o‘qishlari natijalarini hisobga oladi.

Qabul qilingan talabalarga yashash xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 3 000 yevro miqdorida bir martalik stipendiya ajratiladi.

Shuningdek, grant har yili qayta baholanadi va talabalar keyingi o‘quv yil uchun qayta hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Arizalarni joriy yilning 30-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Ariza to‘lovi qariyb 35 yevroni tashkil etadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ulashish

Aloqador maqolalar

MenTalaba.uz

Nega Hamma Mentalaba.uz Haqida Gapiryapti?

Mentalaba.uz – abituriyentlar va talabalar uchun eng so‘nggi yangiliklar, grantlar, imtihon natijalari va ta’lim imkoniyatlari. Nega hamma bu platforma haqida gapiryapti – bilib oling!

755 ko'rish

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish