Chiptalar uchun chegirma muddati cho‘zildi!

17.01.2023 17:26
Chiptalar uchun chegirma muddati cho‘zildi!
Ta'lim - barcha orzular eshigining kalitidir
– Registon o‘quv markazi

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga o‘quv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.

👉 Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishgi ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.

Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.