École Normale Supérieure: Fransiyaning poytaxti Parij shahrida o‘qish uchun grant
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Har yili École Normale Supérieure xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan stipendiya bo‘lib, chet ellik talabalarga gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar yoki san’at bo‘yicha oliy ma’lumot olish (magistratura yoki ENS diplom) olish imkonini beradi.
Grantga da’vogarlar imtihon topshirishlari kerak. Nomzodlar chet el universitetining bakalavriat dasturining kamida 1 yilini tamomlagan va a’lo darajadagi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar bo‘lishlari lozim.
Saralash 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi:
- Tanlangan dasturga ariza berishda taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan holda;
- Saralangan nomzodlar bilan Parijda og‘zaki va yozma imtihon asosida.
Har yili stipendiya 10 ta science, ya’ni ilmiy fan yo‘nalishi talabalari va 10 ta san’at va gumanitar fanlar talabalariga beriladi.
San’at va gumanitar fanlar bo‘yicha o‘qishga kirgan talabalarga fransuz tilini yaxshi bilish tavsiya etiladi, aks holda talabalar fransuz tilining intensiv kursidan o‘tishlari mumkin. Fan talabalari intensiv fransuz tili kurslari mavjud.
Stipendiya miqdori:
- 3 yil davomida 1000 yevro miqdorida oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
- Universitet yotoqxonasida turar-joy beriladi;
- Aviachipta xarajatlari qisman qoplanadi.
Talablar:
- Nomzodlar 26 yoshdan katta bo‘lishi kerak;
- Talabalar bundan oldin xalqaro talabalar sifatida universitetga kirish uchun ariza topshirmagan bo‘lishi lozim;
- So‘nggi yillarda Fransiyada 10 oy yoki undan ko‘proq yashagan talabalar stipendiya olish uchun ariza bera olmaydi;
- Talabalar École Normale Supérieurega hujjat topshirishdan oldin o‘tgan yili chet el universitetining bakalavriat dasturida kamida 1 ta kursni tamomlagan bo‘lishlari kerak;
- Talabalar École Normale Supérieurega o‘qishga kirganlaridan so‘ng, 1-sentabr kuni chet el universitetining bakalavriat dasturida kamida 2 ta kursni tamomlagan bo‘lishlari kerak.
Istisno tariqasida, tashkilotchilar Fransiyadan tashqarida olgan nostandart ma’lumotga ega bo‘lgan talabaning arizasini hisobga olishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish uchun shu yerga kiring.