Dangasalik — abituriyentning doimiy hamrohi!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
XO‘SH, DANGASALIK BILAN QANDAY MUROSA QILISH MUMKIN ?
Keling, dangasalikni yengish qo‘llanmasi bilan tanishib chiqamiz:
- O‘zingiz uchun intizom qoidalarini tuzing va ularga qat’iy rioya qiling. Eng muhimi – intizomga erisha olish.
- Dars qilayotganingizda sizni chalg‘itadigan narsalarni yo‘q qiling.
- Vaqt jadvalingizni tuzib oling, qaysi vaqtda nima bilan shug‘ullanishingiz doim aniq bo‘lsin.
- Har kuni o‘qish uchun ajratilgan vaqtingizga qat’iy rioya qiling.
- Tanaffuslar olib turing. Masalan, 40 daqiqa dars qilib, 5 daqiqa musiqa tinglang yoki toza havoga chiqing. Tanaffuslarsiz dars qilish sizni zeriktirib qo‘yishi mumkin.
- Oldingizga erishish mumkin bo‘lgan maqsadlar qo‘ying. Agar maqsadingiz ulkan bo‘lsa, (masalan, talaba bo‘lish) uni kichik bo‘laklarga bo‘ling (masalan, har kuni nechadir bet kitob o‘qish). Shunda demotivatsiya bo‘lmaydi.
- Kerak bo‘lganda yordam so‘rang. Kimdan bo‘lishidan qat’i nazar.
- Biror maqsadingizni amalga oshirganingizdan so‘ng o‘zingizni mukofotlang.
- Osonroq, yengilroq vazifalardan boshlang. Masalan, bir kunda 10 ta yangi so‘z yodlayman deb. Agar bir kunda 100 ta yangi so‘z yodlayman deb katta maqsad qo‘ysangizu, uni amalga oshira olmasangiz, demotivatsiya ro‘y beradi.
- O‘zingizga motivatsiya bering.
- Dars qilishingiz uchun kerakli anjomlarni oldindan to‘plab, tayyorlab qo‘ying. Bu dars tayyorlash paytida chalg‘imaslikni ta’minlaydi.
- Dars qilish uchun mos joy tanlang. O‘tirgan yeringiz sizga har tomonlama qulay bo‘lishi shart.
- Reja tuzing va uni amalga oshirish ketma-ketligini doim nazorat qiling.
- Maqsadingizga erishgandan so‘ng nimalarni his qilishingizni o‘ylang. Masalan, grant asosida talaba bo‘ldingiz. Qanday baxtni tuyasiz? Dars tayyorlash jarayonida buni tez-tez o‘ylang, bu ruhlantiradi.
- Turli dars qilish texnikalarini sinab ko‘ring. Yolg‘iz, sherik bilan, tabiat qo‘ynida, savol-javov shaklida va hokazo.
⚠️ Xulosa: har qanday mushkul ish to‘g‘ri tizimlashtirilganda osonga aylanadi.