Danish Government Scholarship: Magistratura bosqichida ta’lim olish uchun to‘liq grant va taxminan 490 AQSh dollari miqdorida oylik stipendiya
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet va grant dasturi haqida:
Janubiy Daniya universiteti 1998 yilda Odense universiteti, Janubiy Daniya biznes va muhandislik maktabi va Janubiy Yutland universiteti markazi birlashishi asnosida tashkil etilgan. Universitet Flensburg universiteti va Kiel universiteti bilan hamkorlikda bir qator qo‘shma dasturlarni taklif etib keladi.
Universitet tomonidan taklif etilayotgan Daniya hukumati grant dasturi magistratura bosqichi muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim olish niyatida bo‘lgan munosib xalqaro nomzodlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.
Nomzod uchun qo‘yilgan talablar?
Nomzodlar Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududidan tashqaridagi davlatlar fuqarolari bo‘lishlari va universitet tomonidan taklif etiladigan quyidagi muhandislik sohalarida magistratura bosqichida o‘qish uchun kuzgi mavzsum (Sønderborg) uchun qabul qilingan bo‘lishlari kerak:
Grant uchun ariza berish tartibi:
Grant dasturi uchun alohida ariza berish shart emas. Grant uchun o‘qishga qabul qilingan barcha talabgorlar avtomatik ravishda nomzod sifatida ko‘rib chiqiladi va eng munosiblari uchun taqdim etiladi.
Grantning manfaatli tomonlari:
- Grant dasturi g‘oliblarning o‘quv kursi to‘lovini 100% qoplaydi
- Yashash xarajatlari uchun oyiga 3000 Daniya Kroni (=taxminan 490 AQSh dollari)
Ariza topshirish muddati: Hozirda bahorgi semestr uchun qabul ketmoqda!!!
- Fevral qabuli: 1-sentabr.