Davlat granti asosida o‘qish uchun qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezident farmoni (PF–107-son, 03.07.2023 y.) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Prezidentning tegishli Farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi.
Bunda soha va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanib, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yo‘nalishlari kesimidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga 2023 yil 20 iyulgacha taqdim etiladi.