O‘zbekiston-Vengriya sog‘liqni saqlash, ilm-fan va ta’lim bo‘yicha tajriba almashib kelmoqda.
Joriy o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun Vengriyadagi oliy o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq grant ajratilgan. Joriy yilda Toshkentda Debretsen universiteti ish boshlaydi. Bu haqda mazkur davlat delegatsiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qilindi.