Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya

Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
"Registon" ta’lim loyihasining missiyasi – O’zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o’ringa olib chiqish.– Registon ta'lim loyihasi
Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 150 ta grant taklif etmoqda.
Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.
Foydali tomonlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya;
– Taqdirlash marosimi;
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati.
Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2022-yil 1-iyundan 18-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2022-yil 15-martdan 31-maygacha.
Talablar:
Tanlovning asosiy mezoni maktab va universitetdagi a’lo akademik natijalardir. Bundan tashqari, universitet sport sohasidagi yutuqlar va/yoki ijtimoiy faollik kabi darsdan tashqari faoliyatni ham hisobga oladi.
Migrant yoki akademik bo‘lmagan ma’lumotga ega bo‘lish kabi maxsus shaxsiy holatlar ham hisobga olinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
-Motivatsion xat;
-CV;
-Universitetga kirganlikni tasdiqlovchi hujjat;
-Reyting daftarchasi;
-Tugallangan o‘quv dasturlari (agar mavjud bo‘lsa) sertifikat/diplomi;
-Akademik, ijtimoiy va professional sohalardagi yutuqlar isboti (sertifikat, diplomlar).