Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qashshoqlikka qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 ming AQSH dollari miqdoridagi grant!

23.04.2022 12:13
Qashshoqlikka qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 ming AQSH dollari miqdoridagi grant!

Muddati:

05.06.2022

Rasmiy havola:

d-prize.org

Grant turi:

Tanlovlar

Qashshoqlikka qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 ming AQSH dollari miqdoridagi grant!

D-Prize dunyoning turli mamlakatlaridagi tadbirkorlarning qashshoqlikka kurashishga qaratilgan harakatlarini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi dastur hisoblanadi.

Kimlar uchun: NNTlar va tijorat tashkilotlari uchun.

Nomzodlar uchun talablar:
-D-Prize barcha jamoalar uchun ochiq;
-Takliflar ingliz tilida yozilishi kerak;
-D-Prize uchun ariza topshirgan mavjud tashkilotlar 18 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida ishlagan bo‘lishi kerak.

Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
-Nomzodlar o‘zaro raqobatlashmaydi. Qaysi mavzu tanlanishiga qarab, kamida 15 ta taklif moliyalashtiriladi.
-Barcha g‘oliblar $20 000 bilan taqdirlanadi.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil, 5-iyun.

Batafsil.