Dushanba dam olish kuni bo‘ladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ilk marta bayram kuni yakshanbaga toʻgʻri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr – dushanba kuniga koʻchiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.