Ekolog va tibbiyotchilar uchun mlnlik stipendiyalar bor
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
1️⃣ 2023 yil 1-sentyabrdan ekologiya vaziri stipendiyasi talabalarga to‘lana boshlangani xabar berilgandi.
🌳 Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi talabalar uchun.
🧑🎓 Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.
2️⃣ Tibbiyot OTMlari talabalari uchun
Tibbiyot OTMlari va medtexnikumlarda o‘qiyotgan talabalar uchun BHMning 3 baravari miqdorida — 990 ming so‘mlik stipendiya joriy etilgan.
IELTS darajasi kamida 7,5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo‘lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.