Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Emaktab.uz platformasi uchun yangilangan qoidalar e’lon qilindi

26-sentabr 20:01
Emaktab.uz platformasi uchun yangilangan qoidalar e’lon qilindi

Emaktab.uz (Kundalik.com) platformasi bo‘yicha muhim eslatma‌‌ (yangi o‘zgargan qoidalar)

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Kundalik” elektron jurnalini to‘g‘ri va o‘z vaqtida to‘ldirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar belgilangan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar darsdan keyin darhol dars o‘tildi grafigiga belgi qo‘yishi talab etiladi.

Shuningdek, darslarga baho qo‘yish 1-navbatdagi darslar uchun shu kuni 21:00 gacha, 2-navbatdagi darslar uchun ertasi kuni 13:00 gacha amalga oshirilishi lozim.

Baholash jarayonida sinfdagi o‘quvchilarning kamida 30 foizi (uchdan bir qismi) baholanishi kerak. Elektron jurnalda belgilarning o‘z vaqtida qo‘yilmasligi o‘qituvchining dars o‘tmaganligi deb hisoblanadi va bu dars uchun ish haqi to‘lanmaydi.

2023-yil 15-apreldan boshlab, jurnalda qo‘yilgan baholarni tahrirlash faqat 72 soat ichida ruxsat etiladi. Ushbu muddatdan keyin baholar muzlatiladi va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmaydi.

O‘qituvchilar “Kundalik” elektron jurnalini o‘z vaqtida va aniq to‘ldirib borishlari zarur. Bu asosiy ish hujjati hisoblanib, ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.