Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

eMaktab.uz platformasida baholanmagan dars uchun o‘qituvchiga haq toʻlanmaydi

17-sentabr 00:57
eMaktab.uz platformasida baholanmagan dars uchun o‘qituvchiga haq toʻlanmaydi

eMaktab.uz platformasida baholanmagan dars uchun o‘qituvchiga haq toʻlanmaydi

O‘quvchilar o‘z vaqtida (9:00-21:00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13:00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmagan taqdirda yoki belgi qo‘yilmaganida, bu o‘qituvchining dars o‘tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun o‘qituvchiga haq to‘lanmaydi.

Sinf rahbari "bir kunlik jurnal"da fanlar ostidagi “PR” ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo‘yib boradi:

  • s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
  • dq — sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
  • k — kasallik sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;
  • kq — darsga kechikib kelganligini ko‘rsatish uchun;
  • m — surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun;
  • ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun;
  • q — ta’lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun;
  • ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun;
  • tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun.

Fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

  • s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini ko‘rsatish uchun;
  • kq — darsga kechikishni ko‘rsatish uchun (baholash mumkin).

Sinf jurnallarida o‘quvchilarning familiyasi va ismi maktab ta’lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosida yoziladi, bu vazifa sinf rahbariga yuklatiladi.