Endi faqat yaxshi o‘qigan talabalar grantda o‘qiydi!

Endi faqat yaxshi o‘qigan talabalar grantda o‘qiydi!
Oliy ta’lim tizimida davlat granti ajratish tartibi o‘zgardi. 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) grantda o‘qish imkoniyatini belgilaydi. Bu yangi qoidalar hozirgi 1-kurs bakalavr va magistr talabalari uchun amal qiladi.
Kimlarga taalluqli?
✅ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab qabul qilingan talabalar (hozirgi 1-kurslar)
✅ Magistratura 1-kurs talabalari
2-kurs va undan yuqori bosqich talabalariga ushbu o‘zgarish taalluqli emas. Ya’ni, hozirda grantda o‘qiyotgan 2-kurs yoki undan yuqori kurs talabalarining grant maqomi o‘zgarishsiz qoladi.
Kimlarga taalluqli emas?
🔹 Imtiyoz asosida grantga kirgan talabalar (xalqaro olimpiada g‘oliblari, davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar).
🔹 Maqsadli qabul orqali grantga kirgan talabalar – ularga davlat granti 4 yilga kafolatlanadi.
🔹 To‘liq davlat granti asosida o‘qitiladigan mutaxassisliklar va o‘qish muddati 1 yil bo‘lgan magistratura dasturlari.
🔹 Magistratura bosqichida tahsil olayotgan ayollar – ularning kontrakt summasi davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Grantni yo‘qotgan talaba yana qayta grantga da’vogar bo‘la oladimi?
✅ Ha, GPA 3.5 va undan yuqori bo‘lgan talaba keyingi o‘quv yilida yana grant olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
✅ Grant o‘rinlari har yili iyul-avgust oylarida qayta taqsimlanadi.
Yangi tartibga ko‘ra, grant o‘rinlari talabalar o‘rtasida har yili qayta taqsimlanadi va o‘qish davomida yaxshi natija ko‘rsatganlar grantni saqlab qoladi yoki qayta olishi mumkin.