Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endi texnikum bitiruvchilari OTMlarga suhbat asosida qabul qilinmaydimi?

06-iyun 13:45
Endi texnikum bitiruvchilari OTMlarga suhbat asosida qabul qilinmaydimi?

Texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamat Mamanazorov ma’lum qildi:

"O‘tgan yili texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ammo, joriy yilda ushbu tartibga bir qator o‘zgartirilish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan,hozirgi kunda tasdiqlanishi kutilmoqda. Biroq hozirgi vaqtda bu tartib amalda turibdi, shu sababli qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan taqdirda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qilinadi."