Endilikda oliygohlar reytingini aniqlashda muassasada futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi

08.04.2023 21:31
Endilikda oliygohlar reytingini aniqlashda muassasada futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi
"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Ijodiylik. Kreativ fikrlashimiz, butun detalga turli tomondan ko'ra oladigan qobiliyatimiz bo'lishi zarur. Turli g'oyalar, qarashlarni tahlil qila oladigan zakovat bo'lishi talab etiladi.
– Registon ta'lim loyihasi

Bu haqda Prezidentning “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan qarori da nazarda tutilgan.

Unga koʻra har yili sentyabr-may oylarida OTMda “Talabalar ligasi” dasturi doirasida uch bosqichli respublika futbol musobaqalari oʻtkaziladi.

Shuningdek:

  • davlat OTMda ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
  • davlat OTMdagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat koʻrsatishi taʼminlanadi;
  • har bir davlat OTMning futbol va futzal boʻyicha jamoalari shakllantirilib, ular “Talabalar ligasi” dasturi doirasida oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻliq ishtirok etadi.

Bundan tashqari, joriy oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol yoʻnalishi boʻyicha talabalari bitiruv oldi amaliyotini hududiy futbol akademiyalari va professional futbol klublarida oʻtkazishadi.