Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Excellence scholarships: Italiyada magistratura bosqichida barcha yo‘nalishlarda tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

30.04.2022 14:36
Excellence scholarships: Italiyada magistratura bosqichida barcha yo‘nalishlarda tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Muddati:

30.05.2022

Davlat:

Italiya

Rasmiy havola:

www.unimi.it

Grant turi:

Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Italiyadagi eng nufuzli oliygohlarda magistratura bosqichlarida to‘liq moliyalashtiriluvchi "Excellence Scholarship" grant dasturi orqali tahsil olish imkoniyati barcha xorijlik talabalar uchun yaratildi. Ushbu grant jami 155 nafar talabalar uchun beriladi. Ushbu grant faqatgina Milan universitetining magistratura yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar uchun taqdim etiladi

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Istalgan chet el davlat fuqorolari topshirishlari mumkin;
  • Milan universitetining magistratura kurslaridan biriga qabul qilinga bo‘lishi;
  • Ingliz tilidagi yo‘nalishlar uchun kamida B2 sertifikati talab etiladi;

Foydali jihatlari:

  • Jami 155 ta grant uchun joy ajratilgan , shundan 100tasi to‘liq moliyalashtiriluvchi grant bo‘lib o‘qish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar qoplab beriladi. Qolgan 55 ta grant sohiblariga esa 6000yevro miqdorida pul universitet bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun taqdim etiladi;

Eslatma: Ushbu grant uchun alohida arizalar topshrilmaydi, faqatgina ushbu Milan universitetiga qabul qilingan bo‘lsangiz shuni o‘zi yetarli. Siz tog‘ridan to‘g‘ri nomzodlar orasida bo‘lasiz. Endi ushbu nomzodlar orasidan sizga grant berilish berilmasligi sizni bakalavriat bosqichida olgan baholaringiz (20), shuningdek CV (10) ga qarab baholanadi. Umumiy ball 30. Talabgorlar 21 dan yuqori ball to‘plashlari kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerga murojaat qiling. Ushbu grant dasturiga ariza topshirishdan avval batafsil rasmiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak.