Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Farg‘onalik o‘quvchi Microsoft Learn Student dasturi ambassadori bo‘ldi

Bugun, 12:14
Farg‘onalik o‘quvchi Microsoft Learn Student dasturi ambassadori bo‘ldi

Farg‘ona viloyati 10-maktabining 11-sinf o‘quvchisi Dilafruz Jo‘raboyeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga mo‘ljallangan Microsoft Learn Student dasturi ambassadori bo‘ldi. Bu haqda IT Ladies Uzbekistan xabar bermoqda.

Endilikda Dilafruz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu dastur texnologiya sohasida bilimli, faol va intiluvchan yoshlarni saralab oladigan global loyiha hisoblanadi.

Dilafruzning dasturga kirishi oson bo‘lmagan. U texnik bilimlari yaxshi bo‘lgani sababli nominatsiyaga qo‘yilgan va 1 yil davomida kompaniya tomonidan berilgan shart va topshiriqlarni bajarish talab etilgan. Shulardan biri sun’iy intellekt bo‘yicha berilgan 30 ta modulni o‘z ichiga olgan dars va topshiriqlar bo‘lgan.

Hozirda Dilafruz Yandex uchun o‘qish va stajirovkaga topshirgan bo‘lib, sinovlardan o‘tsa, katta loyihalarga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, u Microsoft Developers Community Uzbekistan, Sado24, va .NET Documentation Uzbekistan loyihalari ishtirokchisi.

Dilafruz IT sohasidagi 46 nafar ayol va qizlar qatoridan joy olgan va O‘zbekistondagi top 12 ta sport dasturchi qizlar jamoasiga kirgan.