"Farzandingizdan pul yuborishni talab qilmang" — xorijda bolalari o‘qiyotgan ota-onalarga
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yaponiyadagi o‘zbek olimi Alisher Umirdinovning o‘zbek ota-onalariga murojaati:
❌ Hurmatli ota-onalar, agar farzandingizni chet elga o‘qish uchun yuborgan bo‘lsangiz, ular kattaroq bir stipendiyani qo‘lga kiritguniga yoki bo‘lmasam, o‘qishini bitirib, ishga joylashib olmaguniga qadar, farzandingizdan pul yuborishini talab qilmang. Nafaqat talab qilish, umid ham qilmang. Chetda o‘qiydigan farzandlaringiz oltin tuxum tug‘adigan tovuq emas.
Ularning mutlaq ko‘pchiligi kontrakt summalarini ishlab topadi, shu bilan birga yashashlari uchun ham ishlashlari kerak bo‘ladi. Talaba sifatida dam ham olishlari lozim axir!
Ko‘pchilik ota-onalar va oila a’zolar buni tushunishmaydi – ulardan pul jo‘natmalarini kutishadi, uylar, mashinalar olishni, to‘ylar qilishni istashadi. Hatto, bu oyda yuborilgan pul o‘tgan oydan sal kamroq bo‘lsa, “o‘g‘iltoy, bu safar sal cho‘g‘i kammi-a?” deya hazil aralash dakki berib qo‘yishni ham kanda qilishmaydi.
Nodon ota-onalar, aka-ukalarning ilm yo‘lida safarga chiqqan talabaga munosabatini ko‘rib, dod deb yuborging keladi. Axir ular o‘qishga ketishgan! Mardikorlik qilish uchun emas!
❕Olimning fikriga ko‘ra, o‘qishga diqqat qaratmay pul topish harakatida yurganlar 7-8 yildan keyin ham taksichi, sotuvchi darajasida qolib ketadi.
Shuning uchun:
✔️ ota-onalar bolasi o‘qishni tugatguncha kutishi;
✔️ talabalar hovliqib pul ishlashga shoshmasligi lozim. O‘qish tugab yaxshi joydan ish topilsa undan ko‘proq foyda ko‘riladi.