Farzandingizni imtihonga tayyorlashga qanday yordam berishingiz mumkin?
17.07.2023 08:29
- Imtihon arafasida farzandingizning tashvishini kuchaytirmang — bu test natijasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ota-onalarning hayajoni har doim bolalarga oʻtadi;
- Farzandingizni xursand qiling, uni yaxshi ishlari uchun maqtang;
- Farzandingizning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiring, chunki bolalar qanchalik koʻp muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqsalar, xato qilish ehtimoli shunchalik koʻp boʻladi;
- Farzandingizning oʻzini qanday his qilishiga eʼtibor bering, sizdan boshqa hech kim uning ortiqcha charchogʻini, sogʻligʻini yomonlashishini sezmaydi hamda uning oldini ololmaydi;
- Farzandingizning oʻqish rejimini nazorat qiling! O‘zini ortiqcha qiynashiga yoʻl qoʻymang. Doim dars qilish va dam olish oʻrnini alishtirib turishiga eʼtibor bering;
- Uyda darslar uchun qulay joy ajratib qoʻying! Uyda unga hech kim xalaqit qilmasligiga ishonch hosil qiling;
- Farzandingizni imtihonga tayyorgarlik texnikasi bilan tanishtiring. Barcha maʼlumotlarni yodlab olmasdan, uning asosiy magʻzini tushunish kerakligini uqtiring;
- Farzandingizga imtihonda vaqtni toʻgʻri sarflashni oʻrgating! Unga soat olib bering;
- Farzandingiz imtihon arafasida yetarli darajada uxlashi kerak. Farzandingiz imtihonda qancha ball olishi mumkinligi haqida gapirib, uni tashvishga solmang va imtihondan keyin uni tanqid qilmang! Ballar uning haqiqiy imkoniyatini oʻlchay olmasligi haqidagi fikrni unga singdiring.
Unutmang, siz hozir farzandingizga doimgidan ko‘proq keraksiz!
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
25-may kungi milliy sertifikat imtihonlari ko‘chiriladimi? BMBA rasmiy munosabat bildirdi
30-aprel 11:20
Joriy yilgi test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
27-aprel 16:04
Joriy 2026/2027-oʻquv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning javoblar varaqasi (titul) namunasi tasdiqlandi
27-aprel 15:06
Essening yuragi: asosiy qism qanday yoziladi?
27-aprel 14:04