Farzandli bo‘lgan talabaga pul berilishi rostmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 287-moddasiga ko‘ra, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanishi, har bir tug‘ilgan bola uchun beriladigan nafaqa miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi ko‘rsatilgan.
"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomning 6-paragrafiga ko‘ra, quyidagi qoidalar belgilangan.
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.
Ushbu nafaqa bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilangan. Hozirgi vaqt(25.01.2023)da bazaviy hisoblash miqdori bugungi kunda 300 ming so‘m.
Talaba OTMga arizani bola tug‘ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to‘lab berish majburiy hisoblanadi.
Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.