Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

FIFA 2022 Volunteer: Qatar Jahon Chempionatida Volontiyor sifatida qatnashish imkoniyati

20.03.2022 00:05
FIFA 2022 Volunteer: Qatar Jahon Chempionatida Volontiyor sifatida qatnashish imkoniyati

Davlat:

Qatar

Rasmiy havola:

volunteers.qa

Grant turi:

Malaka oshirish, Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

FIFA 2022 QATAR: 2022- yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun dunyo bo‘ylab barcha 18 yoshdan yuqori bo‘lgan yoshlarni volontyorlar safiga chorlab qoladi. Bu Qatar tarixidagi eng yirik volontyorlik faoliyati bo‘lishi kutilmoqda.

Siz Qatar fuqarosi yoki rezidenti boʻlishingiz shart emas. Umumiy olganda 20 000 dan ortiq volontiyorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Ko‘ngillilar tegishli tanlov jarayonidan o‘tadilar.

Qatarga kirish uchun viza kerak emas. Qatar 90 dan ortiq mamlakatlarga kelganda vizalar taqdim etadi. Bu dunyodagi eng yirik sport tadbirining bir qismi bo‘lish uchun umrida bir marta beriladigan imkoniyat. Shuningdek, siz yangi ko‘nikmalar va bebaho tajribaga ega bo‘lasiz, bu sizga ko‘p yillar davomida foyda keltiradi.

Kimlar qatnasha oladi: Dini, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha 16 yosh va undan yuqori yoshli barcha ishtirok etishi mumkin.

Barcha ko‘ngillilar quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga olgan ishga yollash jarayonidan o‘tishlari kerak:

  • Bu yerdan ro‘yxatdan o‘ting;
  • Tanishtiruv videosini joylang;
  • Onlayn intervyu;
  • Aynan qaysi yo‘nalish bo‘yicha volontiyorlik qilishingiz bo‘yicha role offer olasiz;
  • Onlayn mashg‘ulotlar;
  • Va boshqa turdagi saralash bosqichlaridan so‘ng qabul qilinishingiz mumkin;

Kimlar qatnasha oladi: Muloqaot, yetakchilik,tili bilish darajasi, jamoada ishlash ko‘nikma va mohoratlariga qarab nomzodlar saralab olinadi;

Quyidagi xarajatlar qoplab beriladi;

  • Qatar bo‘ylab ichki barcha transportlardan foydalanish mutloqo bepul;
  • Ovqatlanish: har 8 soatlik semena uchun bitta taom beriladi. Agar 1 kunda 8 soatdan ko‘proq ishlasangiz 2 marotaba ham ovqat olishingiz mymkin;

Eslatma: Har yetti kunda 1 kun dam olish beriladi; Oxirgi muddat: Imkoni boricha tezroq

Ushbu link orqali batafsil ma’lumotlarni olgan holda ro‘yxatdan o‘tishinggizmumkin bo‘ladi. Bu yerdan esa FAQ ko‘p beriladigan savollarga javob olishingiz mumkin.