Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Gates Cambridge Scholarship | Fully Funded: Buyuk Britaniyada Magistratura va PhD bosqichlari uchun to‘liq grant

9.09.2021 22:06
Gates Cambridge Scholarship | Fully Funded: Buyuk Britaniyada Magistratura va PhD bosqichlari uchun to‘liq grant

Muddati:

13.10.2021

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.gatescambridge.org

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Buyuk Britaniyada Top universitetlardan biri bo‘lgan Cambridge univeristeti tomonidan magistratura hamda PhD bosqichlarida tahsil olishni istagan yoshlar uchun Bill and Melinda Gates Foundation Scholarship tomonidan to‘liq moliyalashtiriluvchi Gates Cambridge Scholarship 2022 grant dasturini e’lon qildi. Dunyoning barcha davlatlaridan talabalar ushbu grant uchun ariza topshirish mumkin. Umumiy miqdorda 90 ta talabaga ushbu grant nasib etadi. Nomzodlar Cambridge universitetidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu grantga erishishlari mumkin. Ushbu grant barcha xarajatlarni to‘liq qoplaydi.

Grantning manfaatli jihatlari;

  • Cambridgeda o‘qishni to‘liq xarajatlarini qoplaydi;
  • Universitetga kirish badal to‘lovini qoplab beradi;
  • Yashah xarajatlari uchun stipendiya (bir martalik, bir yil uchun $24 300 AQSH dollari);
  • 1 ta ekonom klassda aviachipta borib kelish uchun;
  • Barcha viza xarajatlari;
  • Oilaliylar uchun bola puli (1-farzand uchun $14 000 AQSH dollarigacha; 2-farzand uchun $ 5 900 AQSH dollarigacha);
  • Qo‘shimcha pul mablag‘lari ( ko‘rinmas, kutilmagan vaziyatlar uchun);

Eslatma: Har yili 90 nafar talabaga grantlar ajratiladi (taxminan 25 ta AQSH fuqorolari uchun hamda 55 nafar xalqaro nomzodlar uchun);

Dasturning davomiyligi:

  • (PhD)doktorantura bosqichlari-3,4,5,7 yillik kurslar mavjud;
  • Magistratura bosqichi - 1,2 yil

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Buyuk Britaniya fuqorosi bo‘lmasligi zarur;
  • Cambridge universitetining magistratura, doktorantura bosqichlariga hujjat topshirgan bo‘lishi kerak;
  • Akademik baholari yuqori bo‘lishi lozim;
  • Nima uchun aynan siz ushbu grant uchun loyiq ekanliginggizni kuchli asoslar bilan isbotlab bera olishinggiz zarur;

Kerakli Hujjatlar;

  • Onlayn ariza;
  • 500 so‘zdan iborat bayonot(Statement);
  • (PhD) doktorantura bosqichi talabalari uchun tadqiqot rejasi;
  • 2 ta tavsiyanoma;

Yuqoridagi kerakli hujjatlarning batafsil tavsilotlari bilan BU YERDA tanishing! Dasturga asosan sizning akademik ko‘rsatkichlaringgiz hamda yozgan bayonotinggizga ko‘ra saralab olinadi hamda intervyuga taklif etiladi. Qabul mezonlari bilan BU YERDAN batafsil ma’lumotlarni oling! Ushbu grant dasturiga ariza topshirishdan oldin rasmiy dasturning Veb-sahifasi orqali to‘liq qabul parametrlari bilan tanishib chiqing.

Barcha turdagi savollar yuzasidan USHBU EMAILga yoki +44 (0)1223 338467 ushbu raqamlarga murojaat qilishinggiz mumkin.