Grantlar

Germaniyada o‘qish uchun Helmut-Shmidt stipendiyasiga arizalar qabul qilinmoqda.

Germaniyada o‘qish uchun Helmut-Shmidt stipendiyasi dasturi: Grant o‘qish va aviachipta harajatlari, sug‘urta, oylik 850 yevro stipendiya, 6 oylik nemis tili kursini o‘z ichiga oladi.

587 ko'rish

Germaniyada o‘qish uchun Helmut-Shmidt stipendiyasiga arizalar qabul qilinmoqda.

Germaniyada o‘qish uchun Helmut-Shmidt stipendiyasiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ushbu grant Ozarbayjon, Armaniston, Belarusiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari uchun.

Grant: o‘qish va aviachipta harajatlari, sug‘urta, oylik 850 yevro stipendiya, 6 oylik nemis tili kursi (2021-yil apreldan 2021-yil sentyabrgacha) o‘z ichiga oladi.

Talabgorda ijtimoiy fanlar, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, iqtisodiyot yoki davlat boshqaruvi bo‘yicha kamida 6 yil ichida olingan bakalavr diplomi bo‘lishi kerak.

Arizalar qabul qilish muddati: 2020-yil 31-iyulgacha

Batafsil ma’lumotlarni MANA BU YeRDAN olishingiz mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish