Janubiy Koreya hukumati stipendiyasi

Davlat:
Janubiy Koreya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura, Doktorantura
"Registon" o’quv markazining o’quvchilari uchun sovrinli ichki olimpiadalar bo’lib o’tadi.– Registon ta'lim loyihasi
Janubiy Koreya hukumati stipendiyasi
Janubiy Koreya hukumati stipendiya dasturi Janubiy Koreya oliy o‘quv yurtlarida oliy ta’lim olish uchun iqtidorli xorijiy talabalarni taklif qilish orqali kelajak liderlarini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Stipendiya doirasida quyidagi xarajatlar qoplanadi:
Bakalavr dasturiga qabul qilinganlar uchun:
- Borish-kelish uchun ekonom klass aviachipta;
- Oyiga 900 000 Koreya voni miqdorida pul mablag‘i;
- Turar joy to‘lovi: yetib kelgandan keyin 200 000 Koreya voni miqdorida;
- Til kursi to‘lovi: to‘liq qamrov;
- O‘qish to‘lovi: Barcha qabul to‘lovlari qabul qiluvchi muassasa (universitet) tomonidan bekor qilinadi. O‘qish to‘lovi NIIED va universitet tomonidan qoplanadi.
- Tibbiy sug‘urta: oyiga 20 000 Koreya voni (cheklangan qamrov);
- Koreys tilini bilganlar uchun grantlar: TOPIK 5 yoki 6 darajaga ega bo‘lgan nomzodlar uchun oyiga 100 000 Koreya voni beriladi.
Magistratura va doktorantura dasturiga qabul qilinganlar uchun:
- Borish-kelish uchun ekonom klass aviachipta;
- Tadqiqot uchun oyiga 1,000,000 Koreya voni, Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi olimlar uchun 210,000 Koreya voni; Tabiiy va mexanika fanlari bo‘yicha olimlar uchun 240 000 Koreya voni;
- Turar joy to‘lovi: yetib kelgandan keyin 200 000 Koreya voni miqdorida;
- Til kursi to‘lovi: to‘liq qamrov;
- O‘qish to‘lovi: Barcha qabul to‘lovlari qabul qiluvchi muassasa (universitet) tomonidan bekor qilinadi. O‘qish to‘lovi NIIED va universitet tomonidan qoplanadi.
- Dissertatsiya chop etish xarajatlari: narxlarga qarab 500 000 ~ 800 000 Koreya voni;
- Tibbiy sug‘urta: oyiga 20 000 Koreya voni (cheklangan qamrov);
- Koreys tilini bilganlar uchun grantlar: TOPIK 5 yoki 6 darajaga ega bo‘lgan nomzodlar uchun oyiga 100 000 Koreya voni beriladi.
Hujjatlarni topshirish muddati:
Bakalavriat dasturiga kiruvchi talabalar hujjatlari sentyabr-oktyabr-noyabr oylarida qabul qilinadi (o‘qish keyingi o‘quv yilidan boshlanadi). Tanlov natijalari yanvar oyida ma’lum bo‘ladi.
Magistratura yoki doktorantura dasturiga kiruvchi talabalar hujjatlari fevral-mart-aprel oylarida qabul qilinadi (o‘qish keyingi o‘quv yilidan boshlanadi). Tanlov natijalari iyun oyida ma’lum bo‘ladi.
Batafsil: http://www.niied.go.kr/user/nd35203.do