Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Grantlar qanday qayta taqsimlanadi? Talabalar uchun yangi tartib

Bugun, 10:02
Grantlar qanday qayta taqsimlanadi? Talabalar uchun yangi tartib

2025-yil 10-martdagi Hukumat qaroriga asosan, Oliy ta’lim muassasalarida grantlarni qayta taqsimlash tartibi rasman tasdiqlandi. Endilikda ta’lim granti olish uchun talabalar faqatgina GPA yoki ijtimoiy holat asosida emas, balki aniq baholash mezonlari asosida tanlovdan o‘tadi.

Grantlar qayta taqsimlanishining asosiy talablari:

  • Talabaning GPA o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lishi shart.

  • GPA 3.5 dan past bo‘lgan talabalar tanlovda ishtirok eta olmaydi.

  • Talabalar rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tadi va yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklaydi.

Baholash mezonlari:

1. Akademik o‘zlashtirish — maksimum 80 ball

GPA ko‘rsatkichi 16 ga ko‘paytiriladi. Masalan, agar GPA 3.8 bo‘lsa: 3.8 × 16 = 60.8 ball.

2. Ijtimoiy faollik — maksimum 20 ball

Talabaning quyidagi faoliyatlari maxsus komissiya tomonidan ball tizimida baholanadi (jami 100 ballik mezon asosida, 5 ga bo‘linadi):

  • Kitobxonlik madaniyati

  • “5 muhim tashabbus”dagi ishtirok

  • Volontyorlik ishlari

  • Fan olimpiadalari

  • Teatr/muzeylarga tashrif

  • Sport va sog‘lom turmush tarzi

  • O‘quv darslariga to‘liq qatnash

  • Akademik tartib-intizomga rioya qilish

  • “Ma’rifat darslari”da ishtirok va boshqalar

Jarayon bosqichlari:

Grantlar 6 bosqichda qayta taqsimlanadi:

  1. Talaba ro‘yxatdan o‘tadi

  2. Akademik va ijtimoiy faollik baholanadi

  3. Natijalar komissiyaga topshiriladi

  4. Maxsus komissiya natijalarni shakllantiradi

  5. Kengash qarori qabul qilinadi

  6. Natijalar 25-avgustgacha e’lon qilinadi

Teng natija bo‘lsa nima bo‘ladi?

Agar ikki yoki undan ortiq talaba bir xil ball to‘plasa:

  • Avval GPA ustunlik qiladi

  • Agar GPA ham teng bo‘lsa, mutaxassislik fanlaridan test sinovi o‘tkaziladi.