Ham perevod uchun, ham abituriyent bo‘lib oliygohga hujjat topshirish mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba oliygohga abituriyent bo‘lib ham hujjat topshirishi mumkin.
Buning uchun, 15-iyun va 15-iyul oralig‘ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin va saytga diplom yoki attestat raqamini kiritishi kifoya. Agarda ushbu hujjatni oliygohiga topshirgan bo‘lsa raqamini bilmasa taxminan noto‘g‘ri raqam kiritsa ham bo‘laveradi.
15-iyul sanasidan boshlanadigan o‘qishni ko‘chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.
Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo‘lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqqiyatli o‘tganidan so‘ng, keyinchalik o‘z xoxshiga ko‘ra birini tanlashiga to‘g‘ri keladi.
Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish ta’qiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug‘dirmaydi.