Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

01-iyul 19:13
Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Bu haqdagi Prezident qarori (PQ–197-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:

  • Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;
  • 27 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari;

Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:

  • tibbiyot OTMda o‘qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;
  • texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi;
  • tibbiyot yo‘nalishidagi davlat OTM talabalarining bilimlarini 2 bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko‘nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimi.