Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Hozirgacha qancha o‘zbekistonlik milliy sertifikatga ega bo‘ldi?

29-sentabr 23:03
Hozirgacha qancha o‘zbekistonlik milliy sertifikatga ega bo‘ldi?

Hozirgacha qancha o‘zbekistonlik milliy sertifikatga ega bo‘ldi?

2024-yilning 1-sentyabr holatiga ko‘ra, my.gov.uz portalidagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash” xizmatiga jami 57 174 ta ariza kelib tushgan. Ariza topshirganlarning 37 116 nafari milliy sertifikat olishga muvaffaq bo‘lgan.

Eng ko‘p ariza topshirilgan fanlar:

  1. O‘zbek tili va adabiyoti: 17 316 ta ariza
  2. Kimyo: 13 446 ta ariza
  3. Matematika: 8 272 ta ariza

Hududlar bo‘yicha sertifikat olishda Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda (8 034 ta ariza, 5 216 ta sertifikat), keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (6 667 ta ariza, 3 996 ta sertifikat) va Buxoro viloyati (5 725 ta ariza, 3 916 ta sertifikat) joylashgan.

Umumiy natijalar mazkur baholash tizimiga qiziqishning yuqoriligini va sertifikat olgan talabgorlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridan tegishli fanlardan ozod bo‘lishini ko‘rsatmoqda.