Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari

08-sentabr 10:31
Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
  • Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
  • Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.

📍 OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Buxoro viloyati — 28,32 %;
  • Navoiy viloyati — 24,03 %;
  • Xorazm viloyati — 23,95 %;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
  • Toshkent shahri — 22,18 %.

📈 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Buxoro viloyati — 107,3 ball;
  • Toshkent shahri — 105,2 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
  • Namangan viloyati — 101,2 ball;
  • Xorazm viloyati — 100,0 ball.