Imtihonda tushishi mumkin bo‘lgan TOP-10 badiiy asar ro‘yxati e’lon qilindi
25.03.2025 10:31
Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro‘yxati
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyot fanidan asosiy yo‘nalishda imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun muhim ogohlantirish e’lon qilindi. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida quyidagi 10 ta badiiy asardan savollar tushishi ehtimoli yuqori.
Tavsiya etilgan TOP-10 badiiy asar:
- Abdulla Qodiriy — “O‘tgan kunlar”
- Abdulla Qodiriy — “Mehrobdan chayon”
- O‘tkir Hoshimov — “Ikki eshik orasi”
- O‘tkir Hoshimov — “Nur borki soya bor”
- Mirmuhsin — “Me’mor”
- Cho‘lpon — “Kecha va kunduz”
- Abdurauf Fitrat — “Abdulfayzxon”
- Abdulla Oripov — “Sohibqiron”
- O‘tkir Hoshimov — “Urushning so‘nggi qurboni”
- Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi)
Bu ro‘yxatdagi asarlar o‘rta maktabda o‘rgatiladigan muhim adabiy manbalar bo‘lib, abituriyentlardan ularning mazmuni, obrazlar tahlili, g‘oyaviy yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim talab etiladi.
Tavsiya:
Abituriyentlar bu asarlarni nafaqat o‘qib chiqishlari, balki asosiy voqealar, syujet chiziqlari va yozuvchining uslubiga oid jihatlarni ham tahlil qilishlari lozim.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Bahorgi milliy sertifikat imtihonlarida ona tili va adabiyotdan tushish ehtimoli yuqori boʻlgan badiiy asarlar ro‘yxati
05-aprel 18:00
25-may kungi milliy sertifikat imtihonlari ko‘chiriladimi? BMBA rasmiy munosabat bildirdi
30-aprel 11:20
Joriy yilgi test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
27-aprel 16:04