Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Ingliz tili o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beradigan sertifikatlar ro‘yxati

Bugun, 12:47
Ingliz tili o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beradigan sertifikatlar ro‘yxati

Ingliz tili o‘qituvchilariga 50% ustama beriladigan sertifikatlar (2023 qaror asosida)

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 25 q/q va 4 x/x-son qarorlariga muvofiq, ayrim xalqaro va milliy sertifikatlarga ega ingliz tili o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz ustama to‘lash belgilangan.

Quyida 50% ustama beriladigan sertifikatlar va talab etiladigan minimal darajalar keltirilgan.

50% ustama beriladigan sertifikatlar ro‘yxati

Milliy va xalqaro til daraja sertifikatlari

  1. Milliy sertifikat (CEFR, Multi level) – C1

  2. IELTS – 7.0

  3. TOEFL iBT – 95

  4. TOEFL ITP – 627 (Speaking – 64)

  5. Cambridge Assessment English (CAE) – 180

Pedagogik va metodik xalqaro sertifikatlar

  1. TESOL / TESL / TEFL*

  2. CELTA **

  3. DELTA (Module 1-2-3 – Pass, Pass A, Pass B) **

  4. TKT (Module 1-2-3 – Band 3-4)

* TESOL, TESL, TEFL sertifikatlari Vazirlik qarorining 5-bandi (a yoki b) talablari bajarilganda amal qiladi. ** CELTA va DELTA sertifikatlari Vazirlik qarorining 6-bandi (a yoki b) talablari bajarilganda ustama uchun asos bo‘ladi.

2023-yil 1-avgustgacha olingan sertifikatlar

Quyidagi sertifikatlar faqat 01.08.2023 sanasiga qadar olingan bo‘lsa, 50% ustama uchun amal qiladi:

  1. Linguaskill – C1

  2. Aptis – C

  3. iTEP – C1

  4. TOEIC – 1305

Muhim talab: Onlayn (Home Edition) sertifikatlar uchun ustama to‘lanmaydi

Ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro‘yxatidan o‘tgan authorized test centersda, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirilgan sertifikatlargina ustama uchun asos bo‘ladi.

Masofadan topshirilgan testlar (Home Edition, Remote testing va boshqa onlayn shakllar) uchun 50% ustama to‘lanmaydi.

50% ustama qanday hisoblanadi?

Mazkur qarorga ko‘ra, tegishli sertifikatga ega ingliz tili o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama belgilanadi. Bu esa o‘qituvchining oylik ish haqi sezilarli oshishini anglatadi.