2 nafar talaba is gazidan vafot etdi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
31-yanvar kuni Jizzax shahar Sayilgoh ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridan 4 nafar shaxsning murdasi topilgan. Ularning 2 nafari talaba bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Mutaxassislarning birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan xonadonga o‘rnatilgan isitish tizimi tabiiy gazdan foydalanish va yo‘ng‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani ko‘rsatilgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limiga is gazidan zaharlanishi sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.