Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yaponiyada magistratura hamda doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun $1600 gacha grant yutish imkoniyati

13.04.2022 12:25
Yaponiyada magistratura hamda doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun $1600 gacha grant yutish imkoniyati

Muddati:

30.04.2022

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

www.hisf.or.jp

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Yaponiyada universitetlarga magistratura hamda undan yuqori bosqichlarda tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan talabalar uchun turli xil miqdorda stipendiyalar taqdim etuvchi Yaponiyaning Honjo International Scholarship Foundation ga arizalar berish boshlandi. Umumiy miqdorda 5 talaba ushbu grant sohibi bo‘lishadi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Barcha davlat fuqorolari topshrishlari mumkin (Yaponiyaliklar topshira olmaydi);
  • Nomzod Yaponiyadagi oliygohlardan biriga magistartura yoki doktorantura bosqichiga qabul qilingan bo‘lishi lozim;
  • Yosh chegarasi magisratura bosqichi uchun 30 yosh hamda doktorantura uchun 35 yoshni tashkil etadi;
  • Nomzodlar ijtimoiy jihatdan juda faol hamda ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro aloqalarga qiziqishi hamda o‘qish davomida turli xil shu kabi tadbirlarga qatnashishi kerak;
  • Yapon tilidan boshlang‘ich darajada bo‘lsada bilish talab etiladi, shuningdek intervyular yapon tilida bo‘lib o‘tadi;
  • Talaba o‘qishni tugatdaniga 1 yildan oshmagan bo‘lishi kerak;

Batafsil talablar bilan BU YERDA tanishing;

Foydali jihatlari

  • 1-2 yil davom etishi mumkin bo‘lgan dasturlar uchun oyiga 2000 000 yen (o‘rtacha 1.591. 000 dollar) stipendiya taqdim etiladi;
  • 3 yil davom etishi mumkin bo‘lgan dasturlar uchun oyiga 180 000 yen (O‘rtacha 1451 dollar) stipendiya taqdim etiladi;
  • 4-5 yil davom etishi mumkin bo‘lgan dasturlar uchun oyiga 150 000 yen stipendiya taqdim etiladi;

Muhim: a) Arizalar qabul qilish 1- apreldan 30-aprelga qadar davom etadi; b) Iyul oyining boshida nomzodlarga intervyu haqida ma’lumotlar beriladi; c) Iyul oyining oxirida barcha g‘oliblar ro‘yxati e’lon qilinadi;

Ariza topshirish jarayoni:

  • BU YERDAN dastlab ro‘yxatdan o‘tiladi;
  • So‘ngra ushbu hujjatlarni portalga yuklash so‘raladi;
  • Magstratura bosqichi uchun bakalvriat baholari hamda doktorantura bosqichi uchun magistraturada olingan baholarni ingliz yoki yapon tilida yuklashingiz so‘raladi;
  • BU YERDA bo‘rsatilgan maxsus shakldan foydalangan holda tadqiqot rejasi yapon tilida jo‘atilishi kerak; Yapon tilida yoza olamsangiz tarjima qildirishingiz kerak;
  • Akademik rahbarlaridan tavsiyanoma;
  • O‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi hujjat; Agarda siz hali qabul xatini olmagan bo‘lsangiz, tahminan qachon olishingiz sanasi haqida kiritib o‘tishingiz kerak. Shunigdek uni olishingiz bilanoq email orqali ularga yuborishngiz kerak;
  • Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va saralab olingan nomzodlar intervyuga chaqiriladi;

Eslatma: Barcha hujjatlar PDF shaklda yuklanishi kerak;

Hujjat topshirishdan oldin BU YERDAN rasmiy sahifadagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz hamda BU YERDAN ko‘p beriladigan savollarga ajvob olishingiz mumkin;