Ishlayotgan 4-kurs talabalari ham malaka toifalarini oshirishi mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan, ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ma’lumot uchun, umumta’lim muassasalarida ishlayotgan va tegishli oliy o‘quv yurtlarining 4-kursida tahsil olayotgan talabalarga o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislarga belgilangan mezonlar asosida ish haqi to‘lanadi .
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar ishtirokida o‘tkaziladigan attestatsiya sinovlari shu xodimlarning mutaxassis malaka toifasiga munosib yoki munosib emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Mazkur sinov natijalari ushbu xodimlarga ikkinchi, birinchi yoki oliy malaka toifalarini berish uchun asos bo‘lmaydi.
Nizomga ko‘ra, nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari o‘z xohishiga ko‘ra mazkur navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.