Italiya: Bakalavr va magistratura bosqichida o‘qish uchun 50% lik grant dasturi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet va grant dasturi haqida:
Vesuvio International School oliygohi 2015-yilda asosan turizmga oid yo‘nalishlarda o‘quv dasturlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan. Ushbu oliygohning o‘quv kursiga tashrif buyurish, xalqaro yondashuvga rioya qilgan holda, mehmondo‘stlik, turizm va oshpazlik san’ati sohasida karerasini boshlash uchun asosiy vositalarni egallash, bozor tomonidan eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalarga ega bo‘lish va ingliz tilini yaxshi bilishni anglatadi.
Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Dastur kimlar uchun?
- Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.
Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:
Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura va magistratura dasturlari uchun amal qiladi.
Ariza topshirish jarayoni:
Talabalar universitetning bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun esa quyidagi manzilga ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda murojaat qilinishi talab etiladi:
Bakalavriatura:
- segreteria@vish.it elektron manziliga quyidagi hujjatlarni "bachelor scholarship request" ni ilova qilgan holatda yuboring:
- Grant olish uchun ariza nusxasi (to‘liq to‘ldirilgan va imzolangan holatda);
- Tarjimai hol;
- Motivatsion xat;
- Pasport nusxasi;
Magistratura:
- segreteria@vish.it elektron manziliga quyidagi hujjatlarni "master scholarship request" ni ilova qilgan holatda yuboring:
- Bakalavr yoki magistratura diplomining nusxasi
- O‘rta maktabni tamomlaganlik diplomi/shahodatnomasi nusxasi;
- Tarjimai hol;
- Chet tillini bilishga oid har qanday sertifikatlar;
- Pasport nusxasi;
Grantning manfaatli tomonlari:
Vesuvio International School talabalarning Italiyada o‘qish xarajatlarini qoplash uchun o‘quv to‘lovlarining 50 foizini ta’minlaydi.