Italiya: magistraturada o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Alta Scuola Politecnica barcha arxitektura sohasiga bog‘liq yo‘nalishlarning magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalarni taklif etadi. Barcha kurslar ingliz tilida olib boriladi. Kurslar, birinchi navbatda, har qanday muhandislik, arxitektura va dizayn loyihasi duch keladigan umumiy muammolar va ularga yechim topishga bag‘ishlanadi. Kurslar ma’ruzalar, amaliyot darslari va guruh muhokamalaridan iborat bo‘ladi.
Talablar:
- Arxitetktura va unga bog‘liq sohada bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Ingliz tilini bilish;
- Yangicha fikrlar va innovatsiyaga ega bo‘lish;
- O‘z sohasi bo‘yicha yetarli bilim va malakaga bo‘lish;
Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- o‘qish kontrakti;
- transport xarajatlari;
- turar joy va ovqat xarajatlari;
- ilmiy loyihalar uchun ketadigan xarajatlar.
Hujjat topshirish jarayonlari haqida ma’lumot SHU YERDA.
Qo‘shimch ma’lumot uchun:
ASP Politecnico di Milano
Piazza Leonardo da Vinci 32- 20133 Milano
Ph. +39 02.2399.9801
Fax +39 02.2399.9795
> info-mi@asp-poli.it