Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar topshirish muddati va imtihon fanlari ma’lum bo‘ldi
25.04.2023 23:58

"Registon" o’quv markazining YouTube kanalida fizika fanidan bepul tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.– Registon ta'lim loyihasi
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning rasmiy veb-sayti (http://www.piima.uz/) orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
- talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
- talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
- aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.
Bu haqida agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov brifingda ma’lum qildi.
Agentlik matbuot kotibi bergan maʼlumotga koʻra ushbu muassasalarga kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test sinovi shaklida oʻtkaziladi:
Aniq fanlar yoʻnalishida:
- matematika (mantiqiy fikrlash);
- fizika fani (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
- ingliz tili;
Tabiiy fanlar yoʻnalishida:
- biologiya;
- kimyo (8-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
- matematika;
- ingliz tili.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan oʻquvchilarning baholariga hech qanday talab qoʻyilmaydi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Nukusda bir maktabning 64 nafar o‘quvchisi IELTS oldi
29.04.2023 15:22
Prezident maktabiga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?
29.04.2023 15:02