Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yaponiya: Kyoto universitetida o‘qish uchun to‘liq va qisman qoplanadigan grant dasturi

25.08.2021 21:30
Yaponiya: Kyoto universitetida o‘qish uchun to‘liq va qisman qoplanadigan grant dasturi

Muddati:

31.10.2021

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

www.kuas.ac.jp

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

KUAS - Yaponiyaning Kyoto universiteti bakalavrning muhandislik yo‘nalishida o‘qishni xohlovchilarga SUPER KUAS-E va KUAS-E grantlarini taqdim etadi.Dasturga muhandislik yo‘nalishida o‘qimoqchi bo‘lganlar ariza topshirishlari va universitet kontrakt to‘lovlaridan ozod bo‘lishi va stipendiya bilan ta’minlanishlari mumkin.

Foydali tomonlari:

Dasturga qabul qilingan talabalar SUPER KUAS-E granti bo‘yicha 4 yil davomida universitet to‘lovidan ozod etiladi va yiliga 1,200,000 JPY stipendiya bilan ta’minlanadilar. KUAS-E bo‘yicha esa 30%-50%-100% gacha kontrak to‘lovidan ozod etiladi.

Talablar:

  • Nomzodlar 12 yillik majburiy ta’limni tugallagan bo‘lishlari;
  • Til bilish sertifikati (IELTS 5.5/ TOEFLiBT 70);
  • Fizika va matematika fanlaridan a’lo baholarga ega bolishi lozim.

Har ikkala grantni qabul qilganlar o‘quv yili davomida o‘zlashtirish standardlariga javob berishi lozim. Aks holda, grant o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin.

Hujjat topshirish:

Arizalar onlayn qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar haqida ma’lumot SHU YERDA.

Ariza topshirishdan avval yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Ariza topshirish narxi 5000 JPY. HUjjat topshirilgandan so‘ng nomzodlar interyu bosqchidan o‘tadilar.

Dastur haqida batafsil ma’lumot RASMIY LINKda.

Qo‘shimcha savollar uchun admission@kuas.ac.jp manziliga email xabar yuborishlari mumkin.