Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

O‘quvchilar o‘rtasida ‘‘Turon’’ maktab teatri va ‘‘Iqtidor’’ maktab ansambli tanlovlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Bugun, 14:07
O‘quvchilar o‘rtasida ‘‘Turon’’ maktab teatri va ‘‘Iqtidor’’ maktab ansambli tanlovlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

“Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovlari tartibi tasdiqlandi (2026)

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan 2026-yil 10-fevral kuni “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq, har ikki tanlovni o‘tkazish tartibi, bosqichlari va baholash mezonlari aniq belgilab berildi.

“Turon” maktab teatri tanlovini o‘tkazish tartibi

Tanlov davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6–10-sinf o‘quvchilaridan iborat (8 nafardan oshmagan) jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar o‘z maktab jamoasi tarkibida qatnashadi.

Tanlov bosqichlari

1-bosqich – tuman (shahar) bosqichi

Har yili mart oyida umumta’lim maktablari o‘rtasida tashkil etiladi. Maktablar soni ko‘p hududlarda maktablararo saralash bosqichi o‘tkazilishi tavsiya etiladi.

2-bosqich – hududiy (viloyat) bosqichi

Har yili aprel oyida tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bu bosqich 2 ta shart asosida tashkil etiladi:

I shart: “Bizning maktab”

  • 6 daqiqa davomida maktab yutuqlarini badiiy va sahna ko‘rinishida namoyish etish

  • 10 ballik tizim asosida baholanadi

II shart: “Teatr – ibratxona”

  • Tarbiyaviy ahamiyatga ega asar asosida sahna spektakli

  • 15 daqiqagacha vaqt

  • 30 ballik tizim asosida baholanadi

3-bosqich – respublika bosqichi

Har yili iyun oyida o‘tkaziladi va 3 ta shart asosida tashkil etiladi.

Tanlov sanasi va joyi Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilanadi hamda kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.

“Turon” maktab teatri tanlovi g‘oliblarini taqdirlash

  • Tuman (shahar) bosqichi – diplom va esdalik sovg‘alari

  • Hududiy bosqich – statuetka, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari

  • Respublika bosqichi:

    • 2–3-o‘rin – maktab faollar zali uchun interaktiv doska

    • 1-o‘rin – xorijiy mamlakatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovini o‘tkazish tartibi

Mazkur tanlov har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. Unda 6–10-sinf o‘quvchilari jamoaviy tarzda ishtirok etadi.

Tanlov bosqichlari

1-bosqich – tuman (shahar)

Har yili aprel oyida musiqa va san’at maktablarida o‘tkaziladi.

2-bosqich – hududiy

May oyida musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, viloyat musiqali drama teatrlari hamda konsert zallarida tashkil etiladi.

3-bosqich – respublika

Iyun oyida o‘tkaziladi.

Tanlov sanasi Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovi g‘oliblarini taqdirlash

  • Tuman (shahar) bosqichi – diplom va esdalik sovg‘alari

  • Hududiy bosqich – statuetka, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari

  • Respublika bosqichi:

    • 2–3-o‘rin – umumta’lim maktablari uchun interaktiv doska

    • 1-o‘rin – xorijiy mamlakatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi

Apellyatsiya jarayoni

Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar yakun e’lon qilingandan so‘ng 15 daqiqa ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi shart.

  • Komissiya 3 kishidan iborat bo‘ladi

  • Shikoyat 1 soat ichida ko‘rib chiqiladi

  • Qaror asoslantirilgan holda ma’lum qilinadi

  • Apellyatsiya ikkinchi marotaba qabul qilinmaydi