Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent shahridagi Vebster universiteti Brand Awards International 2026 xalqaro mukofotida e’tirof etildi

Bugun, 12:54
Toshkent shahridagi Vebster universiteti Brand Awards International 2026 xalqaro mukofotida e’tirof etildi

16-may kuni “O‘zbekiston — kuchli brendlar yurti” shiori ostida o‘tkazilgan Brand Awards International 2026 marosimi mintaqaning eng kuchli brendlari, CEO‘lari va marketing liderlarini bir maydonda jamladi.

Bu yil Brand Awards xalqaro darajada yanada kengayib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, AQSH, Turkiya va Germaniyadan 78 ta yirik brendni birlashtirdi. Bu esa platformaning mintaqadagi eng nufuzli biznes va brending maydoniga aylanayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Mukofot ishtirokchilari orasida UzCard, Yandex Go, Paynet, Uztelecom va Toshkent shahridagi Vebster universiteti kabi kuchli brendlar ham bor edi.

Toshkent shahridagi Vebster universiteti “Xalqaro ta’lim orqali O‘zbekiston inson kapitalini rivojlantirayotgan brend” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Bu — oddiy mukofot emas.

Bu — xalqaro standartdagi ta’lim, kuchli akademik muhit va global imkoniyatlar natijasining e’tirofi.

So‘nggi 7 yil davomida Vebster universiteti nafaqat universitet, balki O‘zbekistondagi xalqaro akademik brend sifatida ham o‘z pozitsiyasini mustahkamlab kelmoqda. Xalqaro forumlar, ilmiy loyihalar, strategik hamkorliklar va talabalar uchun yaratilayotgan global imkoniyatlar universitetni mamlakatdagi eng faol va zamonaviy oliy ta’lim maskanlaridan biriga aylantirdi.

Bugungi kunda esa Vebster talabalari o‘qishni tugatmasdan turib yetakchi kompaniyalarda faoliyat boshlamoqda. Bu esa universitetdagi ta’lim sifati, amaliy yondashuv va real bozor bilan integratsiyaning natijasidir.

Eng muhimi — Vebster universiteti 2022, 2023, 2024 va 2025-yillarda ketma-ket “Yil Brendi” mukofotini qo‘lga kiritgan. Bu esa brendga bo‘lgan ishonch, barqaror rivojlanish va kuchli strategiyaning amaliy isbotidir.

Toshkent shahridagi Vebster universiteti uchun bu mukofot shunchaki yutuq emas. Bu — ta’lim orqali O‘zbekiston kelajagiga qo‘shilayotgan hissaning xalqaro miqyosdagi e’tirofi.

Bugun dunyo o‘zgarayapti. Kelajak esa xalqaro fikrlaydigan, zamonaviy bilim va global tajribaga ega mutaxassislarni talab qilmoqda.

Toshkent shahridagi Vebster universiteti esa aynan shunday yangi avlod liderlarini tayyorlamoqda.

Agar Siz ham xalqaro diplom, global imkoniyatlar va kuchli karyera sari qadam tashlamoqchi bo‘lsangiz — Vebster universiteti Siz uchun to‘g‘ri tanlov bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda, 2026-yil kuz semestri uchun universitetga hujjatlar qabuli qilinmoqda. O‘rinlar cheklangan bo‘lib, abituriyentlar hozirdanoq hujjat topshirish orqali xalqaro ta’lim olish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun: webstertashkent.uz

Ro‘yxatdan o‘tish: webstertashkent.uz