Yaponiyaning Nagoya universitetida magistratura bosqichini o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

25.09.2021 00:20
Yaponiyaning Nagoya universitetida magistratura bosqichini o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Muddati:

19.11.2021

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

www.law.nagoya-u.ac.jp

Grant turi:

Magistratura

"Registon" o’quv markazida ayni vaqtda 15,000 dan ziyod o’quvchilar tahsil olishmoqda.
– Registon ta'lim loyihasi

Nagoya universiteti Yaponiya xukumatining xuquqshunoslik va siyosiy fanlar boʻyicha magistratura dasturi stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya Yaponiyaning Taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan ajratiladi va talabaning barcha xarajatlarini (taʼlim puli, aviachipta, 1400 AQSH dollari miqdorida oylik stipendiya) qoplab beriladi.

Dasturda barcha oʻquv mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi va talabaning xohishiga qarab, yapon tili darslari ham kiritiladi.

Hujjatlarning asl nusxasi Nagoya universiteti tomonidan 2021-yilning 25-noyabridan 1-dekabriga qadar qabul qilinadi. Hujjatlarni oʻz vaqtida Yaponiyaga Yuborish uchun nomzodlardan barcha hujjatlarni 2021-yilning 19-noyabriga qadar Nagoya Universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga taqdim etish talab qilinadi.

Kerakli hujjatlarni quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:

https://www.law.nagoya-u.ac.jp/en/admissions_and_programs/masters.html

Tanlov talablari va batafsil maʼlumot olish uchun Nagoya universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shaxri, Amir Temur koʻchasi, Xalqaro biznes markazi, 14 etaj, telefon: +998712389405/06/07, elektron pochta: elmurodov@nagoya-university.uz