Jizzaxda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatdan zaharlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi holatni o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2-avgust kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan 4 yoshli I.F. va 5 yoshli S.T. ismli qizlarning tana harorati ko‘tarilgan. Bolalar ota-onalari tomonidan shifoxonaga olib borilgan va ularga ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. Shundan so‘ng, bolalar yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
Shu kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham shifokorlarning kuzatuviga olingan va zarur muolajalar qilingan. Ular sog‘lig‘idan shikoyat qilmagani sababli uylariga javob berilgan.
Shuningdek, epidemiologik surishtiruv davomida bolalarga nonushta payti berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.
Qayd etilishicha, hozirda Paxtakor tumani prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tayinlangan tegishli ekspertiza natijasidan kelib chiqqan holda prokuratura tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi